Biz haqimizda

Biz haqimizda

PRG ASIA — brendlar uchun chegara yo'q

Bizning tariximiz

PRG ASIA

PRG ASIA Farg'onada oddiy bir maqsad bilan tashkil topgan: shaharni chiroyli, brendlarni esa kuchli qilish. Ilk kunlardan biz sifatga murosasiz yondashdik — arzon materiallar va shoshqaloq ishga yo'q dedik. Yillar davomida yuzlab fasad peshlavhalari, LED harflar, lightbox va bannerlarni ishlab chiqarib, o'z ishlab chiqarish bazamizni shakllantirdik. Bugun bizda plotter kesish, keng formatli bosma, UV DTF va payvandlash uskunalari bir tom ostida jamlangan, bu esa buyurtmani tez va nazorat ostida bajarish imkonini beradi. Biz kichik kafedan tortib banklar va savdo markazlarigacha bo'lgan mijozlar bilan ishladik va har biri uchun alohida yechim yaratdik. Bizning eng katta yutug'imiz — takroriy buyurtmalar va do'stlarini bizga tavsiya qiladigan mijozlar. Chunki biz peshlavha topshirganda, munosabatlar tugamaydi — biz brend bilan birga o'samiz. PRG ASIA uchun har bir loyiha — bu kompaniyamiz nomi ko'chada osilib turadigan imzo.

Bizning maqsad

Bizning vazifamiz — kuchli g'oyalar bilan brendlarni ko'proq odamlarga yetkazish. Har bir peshlavha, har bir harf va har bir banner mijozga yangi xaridorlar, ishonch va tanilish olib kelishi kerak, deb hisoblaymiz. Shuning uchun biz shunchaki reklama emas, natija ishlab chiqaramiz. Zamonaviy uskunalar, sifatli materiallar va tajribali jamoa yordamida g'oyani ko'chadagi kuchli taassurotga aylantiramiz. Kichik oshxonadan yirik savdo markazigacha — har bir biznesga o'z ko'lamiga mos yechim topamiz. Bizning maqsadimiz — mijoz biz bilan bir marta ishlagach, brendining o'sishini o'z ko'zi bilan ko'rishi.

0+

Bajarilgan loyihalar

0+

Qoniqarli mijozlar

0

Yillik tajriba

0+

Xizmat turlari

Qadriyatlarimiz

Nega aynan PRG ASIA?

To'liq tsikl bir joyda

Dizayn, ishlab chiqarish, chop etish va montaj — barchasi bizning jamoamizda. Buyurtmangiz bo'linmaydi, muddat cho'zilmaydi.

Kafolatlangan sifat

Faqat sinovdan o'tgan materiallar va zamonaviy uskunalar. Har bir ishga yozma kafolat beramiz.

Tez ishlab chiqarish

O'z ishlab chiqarish bazamiz tufayli oddiy buyurtmalarni bir necha kunda topshiramiz. Shoshilinch ishlar uchun tezkor rejim mavjud.

Halol va ochiq narx

Har bir bandi tushunarli hisob-kitob. Yashirin to'lovlar yo'q — narx boshidan oxirigacha aniq.

Tajribali jamoa

Dizaynerlar, muhandislar va montajchilar — o'z ishining ustalari. Har bir loyiha malakali qo'llarda.

Yuzlab qoniqarli mijoz

Kichik kafedan yirik banklargacha — bizga ishonch bildirgan brendlar soni tobora ortib bormoqda.

Bepul o'lchov va maket

Farg'ona bo'ylab bepul chiqamiz, o'lchov olamiz va obyektingiz fotosida maketni ko'rsatamiz — natijani oldindan ko'rasiz.

Montajdan keyin ham yoningizda

Kafolat muddatida texnik xizmat, tozalash va ta'mirni o'z zimmamizga olamiz. Reklamangiz yillar davomida yangidek turadi.

Ish geografiyamiz

Farg'ona vodiysi bo'ylab ishlaymiz

Loyihalarimiz vodiyning barcha yirik shaharlarida

Qo'qon · 1 loyiha
Rishton · 1 loyiha
Marg'ilon · 1 loyiha
Farg'ona · 4 loyiha
Quvasoy
Quva · 1 loyiha
Bizning jamoa

Bizning jamoa

Abdurahmon

Abdurahmon

Art direketor

Art-direktor. U brendning visual uslubi, estetika va barcha ijodiy gʻoyalarni mukammal dizayn holatiga keltirishga mas'ul. Abdurahmon har bir loyihada oʻziga xoslik va zamonaviy dizayn tendensiyalarini uygʻunlashtiradi.

Abdulloh Ahmadaliyev

Abdulloh Ahmadaliyev

Asoschisi

Abdulloh Ahmadaliyev — sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan tadbirkor va rahbar. U loyihaga asos solib, strategik rivojlanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda kuchli jamoani shakllantirishga rahbarlik qiladi. Abdullohning asosiy maqsadi — mijozlarga eng yuqori sifatli xizmat koʻrsatish va loyihani xalqaro darajaga olib chiqishdir.

Hamkorlarimiz

Loyihangizni birga amalga oshiramiz

Bepul o'lchov va konsultatsiya uchun bog'laning.

Bepul konsultatsiya

PRG ASIA — Farg'onadagi to'liq tsiklli reklama va peshlavha ishlab chiqarish kompaniyasi. Dizayndan ishlab chiqarish va montajgacha — brendingizni ko'zga tashlanadigan, mustahkam va foyda keltiradigan qilib yasaymiz.

Aloqa

© 2026 PRG ASIA — Barcha huquqlar himoyalangan

Farg'onada reklama xizmatlari